KOMPYUTER LINGVISTIKASINI KASHF ETILISHIDAGI MATEMATIK
MODELLAR KO&RINISHI
Sodiqova Baxtigul Ibodullayevna Termez Davlat Universiteti Denov filiali sodiqova.baxtigul@mail.ru
Anotatsiya: Bu maqola axborot texnologiyalari rivojlanayotgan bir paytda yuzaga kelayotgan kompyuter lingvistikasining o&ziga xos yo&nalishlari va modellari haqida tushuncha beradi. Zamon talabiga mos holda matematik modellarni ham ko&rib chiqish mumkin bo&ladi. Kompyuter lingvistikasi asosida matematik linvistikani kelib chiqishini kuzatish mumkin va maqolda bu haqida to&xtalib o&tiladi.
Tayanch so&zlar : kompyuter linvistikasi , virtual stendlar, yondashuv, mashina tarjimasi, matematik model, tabiiy til unsurlari.
VIEWS OF MATHEMATICAL MODELS IN THE DISCOVERY OF
COMPUTER LINGUISTICS
Sodiqova Bakhtigul Ibodullayevna Denez branch of Termez State University sodiqova.baxtigul@mail.ru
Annotation: This article provides an insight into the specific trends and models of computer linguistics that are emerging at a time when information technology is evolving. Mathematical models can also be considered in accordance with modern requirements. The origins of mathematical linguistics can be traced back to computer linguistics, and the article discusses this.
Hozirgi kunda Axborot - kommunikasion texnologiyalarining rivojlanish bosqichida ijtimoiy sohaning o&qitish jarayoniga ham zamonaviy texnologiyalarning tadbiq etilishi zamon talablaridan biriga aylanmoqda. Shu jumladan an&anaviy ta&limni kompyuterli o&qitish tizimlari orqali takomillashtirish hamda boyitish tabiiy ravishda mutaxassislar oldiga yangicha yondashuvlar va uslubiy vositalarini ishlab chiqish kabi bir qator masalalarni qo&ymoqda. Axborot texnologiyalarini ta&lim jarayoniga joriy etish bo&yicha jamiyatimizning tez sur&atlar bilan o&sib boruvchi ehtiyojlari oliy ta&lim muassasalarida auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg&ulotlarda elektron qo&llanmalar, virtual stendlar, Internet tarmog&i
imkoniyatlaridan foydalangan holda masofaviy o&qitish, shuningdek, masofaviy ta&limni joriy etish bilan bog&liq izchil nazariy hamda amaliy tadbirlar bajarilishini taqozo etadi. O&zbekistonda masofaviy ta&lim tizimining rivojlanishi, xalqimizga faqat sifatli ta&lim berishnigina ta&minlab qolmasdan, u yana mamlakatimizning ta&lim xizmatlari xalqaro bozorida o&z o&rnini egallashiga ham imkon yaratadi. Kompyuterli o&qitishni tashkil etish va rivojlantirish bo&yicha bir qator yo&nalishda ishlar amalga oshirilmoqda. O&zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2002-yil 30-mayda qabul qilingan—Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to&g&risidagi qarorda kadrlar tayyorlash sohasini takomillashtirish, mamlakatimiz salohiyatini oshirishning demokratik davlat va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyati qurishning muhim shartlaridan biri sifatida belgilandi.
Hozirgi kunda kompyuter vositalarning texnik va dasturiy ta&minoti darajasi ancha yuqori bo&lib, bu barcha sohada olib borilayotgan ishlarni qanoatlantirmoqda. O&qitishning kompyuterli tizimlarida ham bilimlar bazasini shakllantirish avtomatlashtirilgan o&qitish tizimlari tamoyillari bilan ishlovchi tizimlarni yanada yuqori bosqichga, ya&ni intellektual o&qitish tizimlari bosqichiga ko&tarishga xizmat qiladi. Kompyuter tizimini tilshunoslik fani bilan bo&lash juda muhim hisoblanadi. Ma&lumki, tilshunoslik fani XIX asrda mustaqil fan sifatida shakllandi. Shundan boshlab u turli aspektlarda, yo&nalishlarda rivojlanib kelmoqda. Jumladan, ana shunday fanlar sirasiga sotsiolingvistika (sotsiologiya va tilshunoslik), psixolingvistika (psixologiya va tilshunoslik), etnolingvistika (etnografiya va lingvistika), neyrolingvistika (nevrologiya va tilshunoslik), matematik lingvistika va kompyuter lingvistikasi fanlarini kiritish mumkin. Buni fanlar tizimida bir necha fanlarning o&zaro hamkorligi, integratsiyasi deb baholash lozim bo&ladi. XX asrning o&rtalaridan boshlab tilshunoslikda «mashina tarjimasi», «mashina tilshunosligi» atamalari qo&llanila boshlandi._ Shu tariqa mashina tarjimasi g&oyalari butun dunyoda nazariy va amaliy tilshunoslikning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi. Bu yo&nalish bilan parallel ravishda formal grammatika nazariyasi yuzaga kelib, til va uning alohida aspektlari modelini yaratishga e&tibor qaratildi. Tilning bu jihatlari matematik lingvistika fanida ishlab chiqildi, bu, o&z navbatida, kompyuter lingvistikasi fanining yuzaga kelishi uchun poydevor bo&ldi. Demak, shu asosda tilshunoslikning yangi yo&nalishi - kompyuter lingvistikasi va tilshunoslikning bir qator nazariy va amaliy yo&nalishlari vujudga keldi. Matematik lingvistika fani XX asrning 50-yillarida tilshunoslikning alohida yo&nalishi sifatida yuzaga keldi. Bu fanning shakllanishida Kopengagen struktural tilshunoslik maktabi (glossematika)ning asoschisi Lui Yelmslevning g&oyalari o&ziga xos «turtki» vazifasini o&tagan. U hatto til hodisalarini matematik bayonda tushuntiradigan fanning nomini ham taklif etgan. Olimning fikricha, bu fan «Til algebrasi»
(«Lingvistik algebra») deb atalishi lozim edi. Amerikalik tilshunos Noam Chomskiyning formal grammatika, transformatsion grammatika haqidagi qarashlari bevosita matematik lingvistikaning alohida yo&nalish sifatida yuzaga kelishiga sabab bo&lgan. Mana shunday qarashlar ta&sirida matematik lingvistika fani shakllandi. Matematik lingvistika - bu tabiiy tillarning matematik ishlab chiqish, xususan, sun&iy tillarni yaratish algoritmini tuzish bilan shug&ullanuvchi fandir. Matematik lingvistika oldida turuvchi eng muhim masalalar quyidagilardir:
- tilning aksiomatik nazariyasini ishlab chiqish;
- formal grammatika yaratish;
- tillarning matematik modellarini ishlab chiqish.
Matematik lingvistika fanining asosiy maqsadi tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqishdir. Ushbu maqsadga erishish uchun fan o&z oldiga quyidagi vazifalarni qo&yadi:
- tabiiy va sun&iy tillarning formal modellari ishlab chiqish;
- lisoniy hodisalarni matematik parametrlarda baholash;
- til hodisalarini matematik metodlar yordamida tahlil qilish.
Kompyuter lingvistikasi matematik lingvistikaning mantiqiy davomi bo&lib, u amaliy tilshunoslikning eng muhim qismini tashkil etadi va kompyuter lingvistikasi AQShda 1954- yilda Jorjtaun universitetida mashina tarjimasi bo&yicha dunyoda o&tkazilgan birinchi tajriba asnosida yo&nalish sifatida shakllana boshlandi ham 1960-yilga kelib mustaqil fan sifatida faoliyat olib bordi. Kompyuter lingvistikasi inglizcha «computational linguistics» so&zining asosidir . XX asrning 80-yillariga qadar bu fan turlicha nomlar bilan atalgan ya&ni hisoblash lingvistikasi, matematik lingvistika, kvantitativ lingvistika kabi nomlar bilan yuritilgan.
Bu fanning asosiy maqsadi lingvistik masalalarni yechishning kompyuter dasturlarini ishlab chiqish, inson va mashina (kompyuter) muloqotini optimallashtirish, tabiiy tilni qayta ishlashdir. Tabiiy tilni qayta ishlash kompyuter lingvistikasida tabiiy tillarning kompyuter analizi va sintezini o&z ichiga oladi. Bunda analiz tabiiy tilning kompyuterda morfologik, sintaktik va semantik tahlil yordamida tushunilishiga nisbatan ishlatiladi, sintez esa kompyuterda matnning grammatik shakllantirilishi va generatsiyasini anglatadi.
Kompyuter lingvistikasining asosiy yo&nalishlariga quyidagilar kiradi:
- avtomatik o&qitish tizimini ishlab chiqish;
- bilimlarni tekshirish;
- matnlarni turli jihatdan avtomatik tahrirlash;
- matnlarning avtomatik tarzda morfologik, sintaktik va semantik tahlilini ta&minlovchi tizimlar yaratish;
- mashina tarjimasi uchun mo&ljallangan dasturlarni ishlab chiqish;
- lug&atlarni va kompyuterdagi matnni statistik tahlil qilish;
- lingvistik muammolarni hal qilishga yo&naltirilgan optimal dasturlar yaratish;
- muloqotning kompyuter modelini ishlab chiqish;
- matn strukturasining gipertekst texnologiyasini yaratish va boshqalardir.
Kompyuter lingvistikasi esa amaliy xarakterga ega bo&lib, til bilan bog&liq
muammolarning amaliy jihatiga e&tibor qaratadi. Kompyuter lingvistikasida esa ko&proq sun&iy tillar (programmalashtirish tillari, algoritmik tillar)ga tayaniladi, tabiiy tillarning mavjud imkoniyatlari cheklanadi, bunda tabiiy tilga ishlov berilib, kompyuterga moslashtiriladi. Buning uchun model atamasini ham esdan chiqarmaslik zarur. Model bizga sistemaning o&rganish, tushunish, izohlash, mukammalshtirish sohasida yordam berishi mumkin bo&lgan vosita hisoblanadi. Model biror ob&ektni to&la va aniq yoki biror bir xususiyatlarini ifodalashi mumkin. Ob&ektning absolyut aniq modeli uning o&zidir. + olgan barcha modellar taqribiy model hisoblanadi. Model - bu mantiqiy yo&l bilan u yoki bu xarakat natijasini bashorat qilish yoki qiyoslashga imkon beruvchi vosita bo&lib, oqibatda qilinishi mumkin bo&lgan xarakatlardan eng yaxshisini tanlab ko&rsata oladi va eng ko&p qo&llaniluvchi model bu matematik modellardir. Odatda, matematik model ustida hisoblash tajribasini o&tkazish haqiqiy obyektni tajribada taqiq etish mumkin bo&lmagan yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo&lmagan hollarda o&tkaziladi. Bunday hisoblash tajribasining natijalari haqiqiy ob&yekt ustida olib boriladigan tajribaga qaraganda juda aniq emasligini hamhisobga olish kerak.Lekin shunday misollarni keltirish mumkinki, kompyutyerda o&tkazilgan hisoblash tajribasi o&rganilayotgan jarayon yoki hodisa haqidagi ishonchli axborotning yagona manbai bo&lib xizmat qiladi. Masalan, faqat matematik modellashtirish va kompyutyerda hisoblash tajribasini o&tkazish yo&li bilan yadroviy urushning iqlimga ta&siri oqibatlarini oldindan aytib berish mumkin. Kompyuter yadro qurolli urushda mutlaq g&olib bo&lmasligini ko&rsatadi. Kompyuterli tajriba Yer yuzida bunday urush oqibatida ekologik o&zgarishlar, ya&ni haroratning keskin o&zgarishi, atmosferaning changlanishi, qutblardagi muzliklarning erishining ro&y berishi, xatto, Yer o&z o&qidan chiqib ketishi mumkinligini ko&rsatadi. Matematik modellashda berilgan fizik jarayonlarning matematik ifodalari modelashtiriladi. Matematik model tashqi dunyoning matematik belgilar bilan ifodalangan qandaydir hodisalar sinfining taqribiy tavsifidir. Matematik model tashqi dunyoni bilish, shuningdek, oldindan aytib berish va boshqarishning kuchli uslubi hisoblanadi. Matematik modelni tahlil qilish o&rganilayotgan hodisaning mohiyatiga singish imkoniyatini beradi. Hodisalarni matematik model yordamida o&rganish to&rt bosqichda amalga oshiriladi.
Birinchi bosqich - modelning asosiy ob&yektlarini bog&lovchi qonunlarni ifodalash.
Ikkinchi bosqich - modeldagi matematik masalalarni tekshirish.
Uchinchi bosqich - modelning qabul qilingan amaliyot mezonlarini qanoatlantirishni aniqlash.
Boshqacha aytganda, modeldan olingan nazariy natijalar bilan olingan ob&yektni kuzatish natijalari mos kelishi masalasini aniqlash. To&rtinchi bosqich-o&rganilayotgan hodisa haqidagi ma&lumotlarni jamlash orqali modelning navbatdagi tahlilini o&tkazish va uni rivojlantirish, aniqlashtirish.
Shunday qilib, modellashtirishning asosiy mazmunini ob&yektni dastlabki o&rganish asosida modelni tajriba orqali va nazariy tahlil qilish, natijalarni ob&yekt haqidagi ma&lumotlar bilan taqqoslash, modelni tuzatish (takomillashtirish) va shu kabilar tashkil etadi.
Matematik model tuzish uchun, dastlab masala rasmiylashtiriladi. Masala mazmuniga mos holda zarur belgilar kiritiladi. So&ngra kattaliklar orasida formula yoki algoritm ko&rinishida yozilgan funksional bog&lanish hosil qilinadi.
Aytib o&tilganlarni aniq misolda ko&rib chiqamiz.
Talaba o&ylagan son matematik fokusga mos model yordamida aniqlanadi. Masalani rasmiylashtiramiz: X - o&quvchi o&ylagan son, U - hisoblash natijasi, N-sana, M - joriy yil.
Demak, olib boruvchining ko&rsatmalari:
U=(X*5 + N)*2 + M
formula orqali ifodalanadi.
Ushbu formula masalaning (matematik fokusning) matematik modeli bo&lib xizmat qiladi va X o&zgaruvchiga nisbatan chiziqli tenglamani ifodalaydi. Tenglamani yechamiz:
X = (U - (M + 2N))/10
Ushbu formula o&ylangan sonni topish algoritmini ko&rsatadi.
XXI asr axborot texnalogiyalari asrida o&quvchilar kompyuter, internetdan bemalol foydalanadi va bunga bo&lgan qiziqishlari yuqori ekani hech kimga sir emas. Shunday ekan o& quvchilarga darslarni axborot kommunikatsiya texnalogiyalari orqali o&tsak o&quvchilarning qiziqishlari ortadi. Masalan maktab matematika kursidagi arifmetik progressiya yoki geoometrik progressiyaning hadlarini chiqaruvchi dasturni Pascal dasturlash muhitida ko&rib o&tsak.
Arifmetik progressiyani bu usulda hadlarini ko&rsatish jarayonida o&quvchining kompyuter savodxonligi oshadi, shuning barobarida matematik bilimi mustahkamalanadi. Umuman olganda matematika darslarini axborot kommunikatsiya texnalogiyalari orqali slaydlarda animatsiya va giperssilka yordamida dars ishlanamalari tayyorlanib o&tilsa, o&quvchilarni qiziqishlari yuqori darajada bo&ladi.
г I F&ascal ABC
Файл Правка Вид Программа Сервис Помощь
•Programl .pas I
П «а X 33 ^
Program progressiva; Uses crt; var al,d: real; irn: integer; begi n
write(&Birinchi hadini kiriting a[l]=&>; read write(&Ayirmasini kiriting d="); read(d); write(&Hadlarini sonini kiriting n=&); read writelD (• 1-hadi a[& ,1, & ]=& r al, • ga teng&J;
for i:=2 to n do begin al: =al+d.;
writeln(i, 1 —hadi a[&,ir &] , alr & ga teng*) end;
write(&Dasturchi: F.Xasanov&); end.
(al) . (n) ;
jj| CRT - программа завершена Birinchi hadini kiriting a[l}=2 Ayirmasini kiriting d= 3 Hadlarini sonini kiriting n=15 1—hadi a[l]=2 ga teng
--hadi a [2]=5
ga teng ga teng ga teng ga teng ga teng ga teng ga teng ga teng 9 ga teng ga teng ga teng ga teng ga teng ga teng
Dasturchi: F.Xasanov
Foydalanilgan adabiyotlar